Sayt test rejimida işlamoqda. Xato yoki kamçilik topsangiz, info@sharq.uz manziliga xabar bering.
+998 (77) 727-46-06 info@sharq.uz Duş–Juma 8:30–17:00
A− A+ Ўзб Özb Ru En
SHARQ — Naşriyot · MatbaaAksiyadorlik kompaniyasi Ўзб Özb Ru En Buyurtma beriş

Kompaniya haqida

«Sharq» naşriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi tarixi sarçaşmasi 1921 yilda taşkil etilgan bosmaxona va 1924 yilda tuzilgan «Sredazkniga» naşriyotidan  boşlangan. Keyinçalik esa ikkita mustaqil tuzilmaning respublikadagi barça gazeta va jurnallarni naşr qiladigan va çop etadigan yagona naşriyot-matbaa majmuasiga birlaştirilişi amalga oşirilgan edi.

Bugungi kunda «Sharq» nafaqat Özbekiston Respublikasida, qolaversa butun Markaziy Osiyoda birdan-bir eng yirik gazeta-jurnal kompleksi ham hisoblanadi.

1991 yilda gazeta-jurnal kompleksi va bosmxonasi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Işlar boşqarmasi huzuridagi «Sharq» naşriyot-matbaa konserniga aylantirilgan edi.

Özining 90 yildan oşgan uzoq tarixi mobaynida Kompaniya kiçik bir bosmaxonadan Özbekiston va xorijda millionlab kişilarni öz mahsulotlari Bilan taʼminlaşga qodir bölgan ulkan bir majmua darajasiga yuksaliş yölini bosib ötdi. Aytib ötilgan davrda işlab çiqariş, boşqariş va mahsulotlarni sotiş texnologiyalarida salmoqli sifat özgarişlari röy berdi.

Hozirgi kunda «Sharq» zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan, gazeta va jurnallar, ham qattiq, ham yumşoq muqovada kitoblar, broşyuralar, har xil etiketkabop, turli rang tasvirli naşrlar va boşqa bosma mahsulotlar, şuningdek, xalq isteʼmoli mollari işlab çiqaruvçi yetakçi kompleksdir.

1999 yilda Jenevada bölib ötgan, jahonning 57 mamlakatlaridan kompaniyalar iştirok etgan xalqaro konferensiyada Kompaniyamiz alohida eʼtirofga sazovor bölgan va Xalqaro Oltin Yulduz bilan taqdirlangan edi. Bundanttaşqari, Kompaniya bir neça marotaba turli xalqaro forumlar va konferensiyalarning diplom va sertifikatlarini ham qölga kiritgan.

2000 yil oktyabridan «Sharq» naşriyot-matbaa konserni «Sharq» naşriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasiga aylandi. «Sharq» naşriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida ikkita: «Andijon» naşriyoti» va «Işlab çiqariş tijorat markazi» şuʼba aksiyadorlik jamiyati, şuningdek, davlat uluşi Kompaniya ustav fondiga ötkazilan assotsiatsiyalaştirilgan «Sharq» ziyokori»  aksiyadorlik jamiyatiga va «Umumiy ovqatlaniş va savdo kombinati» masʼuliyati çeklangan jamiyati ham mavjud.

Salkam bir asrlik tarixga ega bölgan «Sharq» naşriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi quyidagi-larni ham öz içiga oladi, jumladan:

originallarni naşrga tayyorlaş va tahrir qiliş hamda badiiy bezatiş borasida öz kasbi ustasi bölgan mutaxassislarning yuksak darajadagi ijodiy salohiyati;

eng yangi kompyuter texnologiyalari va zamonaviy matbaaçilik uskunalari bilan jihozlangan qudratli poligrafiya bazasi.

Kompaniyamizning maqsadi — ham içki bozorlarda, ham taşqi bozorlarda şakl va mazmun-mundarijasi jihatidan rang-barang va yuqori sifatli noşirçilik-matbaaçilik mahsulotlariga isteʼmolçilarning bölgan talablarini qanoatlatirişdir.

«Sharq» naşriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil oktyabrdagi PF-2737-son va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 23 oktyabrdagi «Özbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Işlar boşqarmasi huzuridagi «Sharq» naşriyot-matbaa konsernini «Sharq» naşriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasiga aylantiriş töğrisida»gi 401-son Qarori va Özbekiston Respublikasi Davlat Mulk qömitasining 2001 yil 13 martdagi 20k-PO buyruğiga binoan taʼsis etilgan.

«Sharq» naşriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi oçiq aksiyadorlik jamiyatining yuridik manzili Özbekiston Respublikasi, Toşkent şahri, Uçtepa tumani, Hamdöst MFY, Katta Xirmontepa köçasi, 1-uyda joylaşgan.
Poçta indeksi: 100131
Telefon: +998 (77) 727-46-06
Veb-sayt: www.sharq.uz
E-mail: info@sharq.uz
Taşkilotning iş tartibi: Duşanba-Juma 8:30 dan 17:00 gaça
Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Boş operativ bölimidagi hisob-kitob raqami 20210000800101007001.

Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz